- Toshkentdan gapiramiz
- 27.08.2026, 16:39
Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi oʻquv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi
2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.
🔰Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan.
➡️ Xususan, dars mashgʻulotlarining ertaroq boshlanishi oliy taʼlim tashkilotlariga qatnaydigan talabalar va professor-oʻqituvchilarning harakatlanish vaqtini oqilona rejalashtirish, kun davomida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish hamda shahardagi transport vositalari oqimini maqbullashtirishga xizmat qiladi.
⤵️Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun oʻquv kunini toʻgʻri rejalashtirish, mashgʻulotlar va boshqa oʻquv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
❇️Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonida Toshkent shahridagi oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, professor-oʻqituvchilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari soʻraladi.
✅Taʼlim tashkilotlarida oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, oʻquv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
☝️Eslatib oʻtamiz, mazkur tartib 2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi smenasidagi oʻquv mashgʻulotlariga taalluqlidir.

18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘y...

Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “Prezident olimpiadasi” musobaqasining Respublik...

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishla...