Olmazor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

“Prezident olimpiadasi”ga poytaxt jamoasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi

Bugun Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova boshchiligida “Prezident olimpiadasi” musobaqasining Respublika bosqichiga Toshkent shahar jamoasini munosib tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

🇺🇿Uchrashuvda Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Ubaydullayev, Milliy Olimpiya qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori Sanjar Saidov, sport maktablari direktorlari, hududiy sport federatsiyalarining ijrochi direktorlari, trenerlar hamda sportchilar ishtirok etdi.

👕👕Uchrashuv davomida Toshkent shahar jamoasi uchun tayyorlangan sport formalari taqdimoti o‘tkazildi.

🏆Ta’kidlash joiz, o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan “Prezident olimpiadasi”da Toshkent shahar jamoasi umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egallagan edi. Joriy yilda ham ushbu natijani munosib davom ettirish, poytaxt sportchilarining salohiyatini to‘liq namoyon etish asosiy maqsad etib belgilandi.

▫️Shuningdek, musobaqaga tayyorgarlik jarayonini yanada kuchaytirish, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish, sportchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda Respublika bosqichida Toshkent shahri sharafini munosib himoya qilishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi
21.09.2026, 10:53
Fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘y...

Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tadi
21.09.2026, 10:12
Bugun Xalq qabulxonasida ikkita qabul bo‘lib o‘tad...

Eslatib o‘tamiz, bugun Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida navbatdagi qabullar tashkil ...

Har bir murojaat e’tiborda
18.09.2026, 16:50
Har bir murojaat e’tiborda

2026-yil 18-sentabr kuni Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishla...

TAYINLOV
18.09.2026, 15:43
TAYINLOV

Nosirov Shoxrux Shuxrat o'g'li Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.&nbs...