- Toshkentdan gapiramiz
- 24.08.2026, 09:36
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raxmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida olti nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Ular orasida noqonuniy qurilmani belgilangan tartibda rasmiylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish, buzilish hududiga oid masalalarni tartibga solish, yotoqxonani ta’mirlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy muammolar bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi.
Har bir murojaat ortida insonning kundalik hayoti va uni tashvishga solayotgan muammo bor. Shu bois qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga joyiga chiqib, vaziyatni fuqarolar ishtirokida batafsil o‘rganish hamda qonunchilik doirasida tegishli takliflar kiritish topshirildi.
Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va berilgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.
Poytaxt ko‘chalarida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan “yashil to‘lqin” tizimining yana bir yo‘nalishi Shota Rustaveli...

Yig‘ilishda Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni ...

😮 Xarid predmeti:Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz ovqatl...

✅ Bugun, 21-avgust soat 23:59 da “Tashabbusli budjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi bosh...