Olmazor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

MAHALLALARDA TIZIMLI ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏢 Uchtepa tumani hokimi B.Mamadjanov, tuman prokurori S.Muxtarov hamda tuman IIO FMB boshlig’i, podpolkovnik F.Giyasov ishtirokida Kuksaroy mahalla yettiligi xodimlari bilan muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazildi.

✅ Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan so‘nggi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar, xususan, “mahalla yettiligi” faoliyatini mutlaqo yangicha tizim asosida tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash, hududlarni obodonlashtirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

✅ Yig‘ilish davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

✅ Mahallalarda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash va hududlarni yanada obod hamda farovon maskanga aylantirish — ustuvor vazifamizdir.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxsiy qabul ötkazildi
23.10.2026, 17:56
Toşkent şahar hokimi tomonidan fuqarolar uçun şaxs...

✔️Qabul davomida 32 ta murojaat körib çiqildi. 24 ta masala öz joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni esa atrofliça örg...

Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
23.10.2026, 15:47
Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

 2026-yil 23-oktabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining uy-joy kommunal ...

Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!
23.10.2026, 15:22
Uchtepa tumanida sun’iy ko‘l barpo etilmoqda!

Uchtepa tumanidagi 90 sotix bo‘sh maydonda yangi sun’iy ko‘l va dam olish maskani tashkil etish ishlari boshlandi. ✔️Bu ...

Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi
23.10.2026, 15:13
Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari ti...

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektn...