Eski versiya
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Finlyandiya va Estoniyada ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi 18–22-may kunlari Finlyandiya va Estoniya Respublikalarining poytaxt shaharlarida ta’lim, yoshlar siyosati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida xizmat safarini amalga oshirmoqda.

📍Helsinki shahridan boshlangan safarning birinchi kunida delegatsiya Meri bolalar bog‘chasi hamda Vattuniemi boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan tanishdi.

🏆Uchrashuvlarda Helsinki shahar merining ta’lim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shon Haff, hokimning maxsus maslahatchisi Julianna Kentala, shuningdek, ta’lim muassasalari rahbarlari Katariina Laakso va Sanna Soini ishtirok etdi.

🧠 Muloqot davomida Helsinki shahrida ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishida siyosiy qarorlar qabul qilish, moliyaviy ustuvorliklarni belgilash tizimi, bolalar bog‘chasi va maktab ta’limi modeli yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

📈Kunning ikkinchi yarmida Helsinki shahrining strategik rivojlanish yo‘nalishlari, xususan, 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar haqida taqdimotlar tashkil etildi. Mazkur taqdimotlar Helsinki shahri Strategiya departamenti bosh strategiya direktori Markus Kyun hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi rahbari Laura Uuttu-Deshriver tomonidan o‘tkazildi.

🧑‍💻Xizmat safari davom etmoqda. Delegatsiya 22-mayga qadar Finlyandiya va Estoniyada ta’lim, yoshlar siyosati hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlaridagi amaliy tajribalarni o‘rganib, Toshkent shahrida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali yondashuvlar bo‘yicha muloqotlar olib boradi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Uchtepa tumani yangiliklari
19.05.2026, 17:39
Uchtepa tumani yangiliklari

  Toshkent shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya v...

“JAC Motors Toshkent” zavodi ishga tushirildi
19.05.2026, 10:53
“JAC Motors Toshkent” zavodi ishga tushirildi

🗺“Yangi Avlod” maxsus sanoat zonasida “JAC Motors Toshkent” zavodining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.🇺🇿Och...

Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko‘chasi poytaxtimizning milliy ruh va zamonaviy muhit uyg‘unlashgan navbatdagi jozibador maskaniga aylandi
18.05.2026, 16:21
Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko‘chasi poytaxtimizn...

🖼 Bu yerda milliy uslubda yangilangan fasadlar, tarixdan so‘zlovchi devoriy barelyeflar, sayr uchun qulay muhit hamda z...

Axborot, hisobot, muloqot: Olmazor tumani aholisi bilan takliflar, ehtiyojlar va amaliy yechimlar muhokama qilindi
18.05.2026, 11:13
Axborot, hisobot, muloqot: Olmazor tumani aholisi ...

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Olmazor tumaniga tashrif buyurib, mahalla fuqarolari, faollar, nogironligi bo‘l...

Saytning yangi versiyasini ishga tushirdik, eski versiyaga qaytishni istasangiz, bu yerga bosing

Eski versiya