- Toshkentdan gapiramiz
- 10.09.2026, 16:22
Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga start berildi
📚Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan "Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
📔Loyihaning dastlabki ikki bosqichida poytaxtdagi kitob fondi kam bo‘lgan 30 ta umumta’lim maktabining har biriga 1 000 donadan kitob topshirilgan.
📚3-bosqich doirasida esa yana 20 ta maktabga 1 000 donadan, jami 20 mingta kitob yetkazildi.
📖Yangi kitoblar ushbu maktablarda ta’lim olayotgan 38 692 nafar o‘quvchining mutolaa imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
▫️Tashabbus nafaqat kitoblarni yetkazib berish, balki maktab o‘quvchilari orasida kitobxonlik madaniyatini tizimli rivojlantirishga qaratilgan.

🚦 Toshkent shahrida barcha yo‘l harakati ishtirokchilari — piyodalar, jamoat transporti yo‘lovchilari va haydovchilar m...

Xalq qabulxonasida Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dauletiyar Xudaybergenov fuqarolarni qabul qiladi.🔹 ...

▫️Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallalardan birida deraza panjaralarini demontaj qilish ishlari to‘xtatildi. Vaziyat poyta...