Olmazor tumani hokimiyatning rasmiy sayti
Shrift o‘lchami:
Rang sxemasi:
Tasvirlar:

Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi

Toshkent shahrida jamoat transportiga ustuvorlik berish, avtobuslar harakatini tezkor va barqaror tashkil etish maqsadida Shahrisabz ko‘chasidagi BRT yo‘lagining birinchi bosqichi foydalanishga topshirildi.

Loyihaning mazkur bosqichi Shahrisabz, Mirobod va Shota Rustaveli ko‘chalari tutashgan aylanma chorrahadan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmagacha bo‘lgan 1,2 kilometrlik uchastkani qamrab oldi.

🏗 Qurilish jarayonida mavjud asfalt qoplamasini yangilash bilan cheklanilmadi. BRT yo‘lagida katta sig‘imli avtobuslarning muntazam harakati va doimiy yuklamasi hisobga olinib, yo‘lning ostki konstruksiyasi to‘liq qayta qurildi.

Buning uchun ayrim qismlarda 2 metrdan ortiq chuqurlikkacha qazish ishlari bajarilib, mavjud asos olib tashlandi va yo‘l poydevori qayta shakllantirildi. Grunt namligi, tuproqning siljishi va keyinchalik cho‘kish xavfini kamaytirish maqsadida geotekstil qoplamasi yotqizildi.

Shundan so‘ng yo‘l asosi bosqichma-bosqich mustahkamlanib:
35 santimetr qalinlikdagi qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi;
M-75 markali mustahkamlovchi qatlam tashkil etildi;
9 santimetr qalinlikdagi yirik donali asfalt-beton qatlami yotqizildi;
— yakuniy qoplama sifatida 5 santimetr qalinlikdagi PSHMA-20 qo‘llanildi.

🚌 BRT infratuzilmasi doirasida 5 ta yangi avtobus bekati tashkil etilib, jamoat transporti uchun alohida harakat yo‘lagi shakllantirildi. BRT yo‘lagi umumiy transport oqimidan bordyurlar orqali jismonan ajratildi.

Bu yechim avtobuslarning tirbandlikka kamroq bog‘liq holda harakatlanishi, qatnov oralig‘ining barqarorligini ta’minlash hamda bekatlarga xavfsiz kirib-chiqish imkoniyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

🚧 Qurilish davomida yo‘l harakati to‘liq to‘xtatilmadi. Ishlar markaziy qismdagi tasmalarda bosqichma-bosqich olib borilib, transport vositalari harakati ko‘chaning ikki yo‘nalishidagi chekka o‘ng tasmalarda saqlab qolindi.

📍 1,2 kilometrlik ushbu uchastka Shahrisabz ko‘chasida BRT infratuzilmasini shakllantirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Umumiy loyiha doirasida Shahrisabz ko‘chasining qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yo‘lagini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shahrisabz ko‘chasidagi yangi BRT uchastkasining foydalanishga topshirilishi poytaxtda jamoat transportiga ustuvorlik berilgan zamonaviy ko‘cha infratuzilmasini bosqichma-bosqich shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning davomi bo‘ldi.

Teglar:
O‘xshash yangiliklar
Yashnobod tumanida isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
10.09.2026, 11:38
Yashnobod tumanida isitish mavsumiga tayyorgarlik ...

⛽️ 1996-yildan buyon faoliyat yuritayotgan nasos stansiyasida zamonaviy Yevropa texnologiyasiga asoslangan yangi uskunal...

Hunarmandchilik mahsulotlarini turizm va savdo tizimiga kengroq jalb etish masalalari muhokama qilindi
10.09.2026, 09:51
Hunarmandchilik mahsulotlarini turizm va savdo tiz...

 8-sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Turizm qo‘mitasi, ...

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — SAMARALI BOSHQARUVNING MUHIM SHARTI
09.09.2026, 16:28
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — SAMARALI BOSHQARUV...

Bugun Uchtepa tumani hokimligida Toshkent shahar hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘r...

Toshkentda School Bus tizimini joriy etish imkoniyatlari o‘rganilmoqda
09.09.2026, 16:18
Toshkentda School Bus tizimini joriy etish imkoniy...

🔺 Poytaxt maktablarida o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnovini tashkil etish maqsadida maktab avtobuslari —...