- Toshkentdan gapiramiz
- 13.08.2026, 11:00
BO‘ZSUV BO‘YIDA ZAMONAVIY SAYILGOH: TUMAN HOKIMI BUNYODKORLIK ISHLARINI JOYIDA O‘RGANDI
Yunusobod tumanida aholi uchun qulay va shinam dam olish maskanlarini ko‘paytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman hokimi A.Saidaliyev tumanning drayver loyihasi bo'lgan Minor, Matonat va Qashg‘ar mahallalari hududidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali bo‘yida tashkil etilayotgan yangi sayilgohdagi bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Sayilgoh infratuzilmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🟢 Piyodalar va velosiped yo‘laklari;
🟢 Zamonaviy ko‘cha yoritish tizimlari hamda o‘rindiqlar;
🟢 Hududga ko‘rk bag‘ishlovchi landshaft dizayni va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
🟢 Samarali sug‘orish tarmoqlari va lotoklar tizimi.
O‘rganish davomida tuman hokimi loyihani sifatli va muddatida yakunlash, shuningdek, sayilgohda aholining xavfsiz dam olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.
✅ Mahalla obodligi — yurt obodligi! Bo‘zsuv bo‘yidagi ushbu maskan yaqin vaqt ichida tumanimiz aholisining sevimli hordiq chiqarish joyiga aylanishi rejalashtirilgan.

😮 Xarid predmeti:Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz ovqatl...

✅ Bugun, 21-avgust soat 23:59 da “Tashabbusli budjet” doirasida saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish bosqichi bosh...
❗️Bildirilgan konstruktiv, jumladan, tanqidiy fikr-mulohazalardan so‘ng shahar ko‘chalari qiyofasidagi o‘zgarishlarni yo...
Toshkent shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, tuman hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlarining fuqarolarn...