
Xast-Imom majmuasi yonida joylashgan noyob xalqaro ilmiy-ma’rifiy kompleks – musulmonlarning ziyoratgohi.
· Markaz ekspozitsiyasi xronologik printsip asosida tuzilgan bo‘lib, quyidagi zonalardan iborat:
·
Islomgacha bo‘lgan meros – qadimgi davrlardan VII asrgacha;
· Birinchi
Sharq Renessansi davri – VIII–XIII asrlar;
· Ikkinchi
Renessans davri – XIV–XVI asrlar;
· Yangi
O‘zbekiston – Yangi Renessans asosi.
Markaz ekspozitsiyasidagi ba’zi eksponatlar O‘zbekistonning yetakchi muzeylaridan olingan. Mintaqa bilan tarixiy bog‘liqlikka ega bir qator buyumlar davlat tomonidan xalqaro auktsionlarda sotib olingan yoki xorijiy muzeylar tomonidan taqdim etilgan. Chet elda saqlanayotgan ayrim ob’ektlar uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida yuqori aniqlikka ega ilmiy nusxalar yaratilgan.
Mehmonlar uchun turli interaktiv formatlar mavjud. Bu yerda immersiv zallar va zamonaviy multimediya ekspozitsiyalariga tashrif buyurish, O‘zbekiston shaharlarining raqamli rekonstruksiyalari bo‘ylab sayr qilish hamda buyuk olimlarning raqamli obrazlari orqali ularning ilmiy kashfiyotlari haqida “birinchi qo‘ldan” eshitish mumkin.
Ekranda taqdim etilgan qiziqarli interaktivlar orasida virtual kamondan o‘q otish yoki o‘rnatilgan ko‘riklar yordamida tandirda olov yoqish imkoniyati bor.
“Yangi O‘zbekiston” maydonchasida Humo AI – raqamli yordamchi bilan suhbatlashish mumkin. U Islom sivilizatsiyasi markazi va mamlakat tarixi haqidagi savollarga javob beradi.

Navoiy prospekti bilan Mustaqillik maydonining sobiq Paradlar xiyoboni kesishmasida joylashgan oq r...

Iso Masihning Muqaddas Yuragi Rim-katolik soborini 1912-yilda Salar daryosining baland qirgʻogʻida ...

Toshkent uchun g'ayrioddiy silindr shaklidagi bino, 1988-yilda qurilgan, Yaqub Kolos va Amir Temur ...

1933-yilda Oʻzbekiston SSR Xalq komissarlari soveti Oʻzbekistonning uchinchi gidroelektrostansiyasi...