
2012 yilda Toshkent hokimligi va Hyatt International o‘rtasida Hyatt Regency brendi ostida mehmonxona qurish va boshqarish bo‘yicha shartnoma imzolangan; 2016 yilda qurilish yakunlangan.
Shahar yana bir “oppoq saroy”ga ega bo‘ldi — o‘sha
paytda Hyatt Regency Tashkent nomli yagona besh yulduzli mehmonxona. Sharqiy
kolonnada bilan P-shaklidagi bino o‘lchamlari bo‘yicha Forumlar saroyiga teng
keladi va Navoiy ko‘chasidagi vakillik binolari ansamblini davom ettiradi.
Meʼmorchilik XXI asr boshidagi xususiyatlarni meros qilib olgan: granit sokolli
oq devorlar, ko‘k oynalar, kolonnada va markaziy qism ustidagi gumbaz. Interyerda milliy uslub elementlari qo‘llanilgan —
naqshlar, laganlar, o‘zbekistonlik rassomlar ijodi.
Mehmonxonada 301
ta xona mavjud, ulardan taxminan 15% premium-klass apartamentlar; restoranlar,
barlar, basseyn va umumiy maydoni 1,2 ming kv. metrdan ortiq konferens-zonalar
ishlaydi.
Toshkent sirki binosi — shahardagi eng chiroyli binolardan biri. U qadimiy maydon ustida suzayotgan...

Koʻplab nashrlar zamonaviy gumbazlardan foydalanishni zilziladan keyin Chilonzorda qurilgan yangi m...

Oʻzbekiston Davlat tarix muzeyi Toshkentning eng chiroyli binolaridan birida — 1970-yilda proletari...
"Rossiya" mehmonxonasi 1965-yilda qurilgan. Me’mor — V. Muratov; muhandislar — V. Parshin va A. Iv...